Afrika Millatlar kubogi. Kot-d'Ivuar yirik hisobda zafar quchdi. Jazoir esa 119-daqiqadagi super gol evaziga g'alaba qozondi

  • 07.01.2026 02:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Bugun Afrika Millatlar kubogining pley-off bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 
 
Dastlab, Jazoir terma jamoasi 119-daqiqadagi shedevr gol evaziga Kongoni mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur super golga Adil Bolbina mualliflik qildi. 
 
Kot-d'Ivuar terma jamoasi esa Burkina-Faso bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Uchrashuvning 20-daqiqasidayoq "Manchester Yunayted" futbolchisi Amad Diallo hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 32-daqiqada Yan D’mande jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Shuningdek, bellashuvning so‘nggi daqiqalarida Bazumana Tyure hisobni yanada yiriklashtirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Jazoir terma jamoasi chorak final bosqichida Nigeriya bilan kuch sinashadi. Kot-d'Ivuar esa Misr bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!