Afrika Millatlar kubogi. Marokash Kamerunni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi
Afrika Millatlar kubogining chorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Marokash terma jamoasi bu bosqichda Kamerun bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 26-daqiqasida "Real Madrid" hujumchisi Braim Dias hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 74-daqiqada esa Ismoel Saybari jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Marokash terma jamoasi yarim final bosqichida Jazoir - Nigeriya g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar