Afrika Millatlar kubogi. Nigeriya Mozambik darvozasiga naqd 4 ta gol urdi
Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlar kubogining pley-off bosqichida Mozambik bilan to‘qnash kelib, 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
To‘qnashuvning 25-daqiqasida Ademola Lukman o‘yindagi hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Viktor Osimxen ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 47-daqiqada esa "Galatasaray" hujumchi dublni rasmiylashtirib, farqni 3 tagacha yetkazib qo‘ydi. Bundan tashqari, Akor Adams 75-daqiqada jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Nigeriya terma jamoasi chorak finalda Jazoir - Kongo g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar