Afrika Millatlar kubogi. Salohning penaltiidan kiritgan goli Misrni pley-offga olib chiqdi

  • 26.12.2025 23:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Afrika Millatlar kubogining 2-tur uchrashuvlari ham start oldi. Misr terma jamoasi ikkinchi turda Janubiy Afrikani minimal 1:0 hisobida mag‘lub etib, ochkolar sonini 6 taga yetkazib oldi va pley-off masalasini hal qildi. 
 
"Liverpul" hujumchisi va Misr terma jamoasi afsonasi 45-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan foydalanganib, bellashuvdagi yagona golga mualliflik qildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "B" guruhining ikkinchi bahsida Angola Zimbabve bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!