
Afrika Millatlar kubogi. Senegal ilk yarim finalchiga aylandi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Misr yashil maydonlarida Afrika Millatlar kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning chorak final uchrashuvlariga start berildi. Dastlab Senegal va Benin terma jamoalari maydonga tushishdi. Guyening 69-daqiqada kiritgan yagona goli senegalliklarni ilk yarim finalchiga aylantirdi.
Senegal – Benin 1:0 (0:0, 1:0)
10 iyul, 21.00, «30 June Air Defence Stadium»
Gol: 1:0 – 69 Guye.
Senegal – Gomis, Kulibali, Sabali, Gassama, Kuyate, Guye (Sane, 89), Seve, Mane, Ndiaye, Keyta Balde (Diatta, 65), Nyang (Diane, 64).
Benin – Allagbe, Imoru, Baraze, Verdon, Adilyu, Adeoti, D'Almeda (Seybu, 69), Sessenon, Suku (Jigla, 81), Mune, Pote (Dossu, 77).
Ogohlantirishlar: Suku (44), Mane (90), Mune (90).
Chetlatish: Verdon (82).
Fikrlar