Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

Afsonaviy Fomula-1 poygachisi qurolli talonchilik qurboniga aylandi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Fransuz boshidan engil jarohat olgan

Formula-1ning to‘rt karra jahon chempioni Alen Prost va uning oilasi Jeneva ko‘li sohilidagi uyida qurolli talonchilik qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda Blick nashri.

Manbaga ko‘ra, seshanba kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 8:30 atrofida niqobli odamlar uyga kirib, zo‘ravonlik bilan tahdid qilib, Prostning o‘g‘illaridan birini oilaviy seyfni ochishga majbur qilgan. Frantsuz boshidan engil jarohat olgan. Taxminlarga ko‘ra, bosqinchilarning maqsadi qimmatbaho soatlar kolleksiyasi bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bosqinchilar hali ham ozodlikda, politsiya jinoyatchilarni topishga yordam beradigan izlarni topa olmadi. Ular Frantsiya bilan chegarani kesib o‘tgan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda, bu borada Frantsiya hukumat ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, prokuratura jabrlangan oila Prost oilasi ekanligini hali tasdiqlamadi va rad etmadi, ammo jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

2025 yilda birgina Jeneva mintaqasida 18 ta shunga o‘xshash holat qayd etilgan - uyushgan guruhlar qimmatbaho soatlarni o‘g‘irlash maqsadida qurolli hujumlar uyushtirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q