Agentlar hujumchiga “Roma”ni tezroq tark etishni maslahat berdi

  • 19 yanvar, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Nikolo Dzanologa yangi shartnoma bermaydigan bo‘ldi.

Klub xo‘jayinlari o‘yinchi mavsumni barqaror o‘tkaza olmasligi va ko‘p shikastlanishini inobatga olib, u talab qilgan maoshni berishdan bosh tortgan va muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Dzanoloning agentlari bunday vaziyatda keskinroq chora ko‘rishga qaror qildi. Ular o‘z mijoziga Rimdan imkon qadar tezroq ketishni maslahat berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Nikoloning manfaatlarini himoya qilayotgan mutaxassislar klub rahbariyatidan futbolchiga xorijdan jamoa izlanish uchun ruxsat olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!