AGMK Sardor Rahmonov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 05.01.2022 16:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

AGMK jamoasi yangi mavsum oldidan selektsiya ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Shuningdek, klub tarkibdagi shartnomasi tugagan futbolchilar bilan o‘rtadagi bitimni uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan.

2019 yili jamoaga qo‘shilgan markaziy himoyachi Sardor Rahmonov bilan klub shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, bitim 2 yilga mo‘ljallangan. Sardor Rahmonov 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar AGMK jamoasi sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!