AGMK va "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda ustunlik kim tarafda?

  • 2 aprel, 2021, 10:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Superligasi 4-turi doirasidan o‘rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Turning markaziy bellashuvi maqomidagi o‘yin avvalidan o‘zaro o‘yinlar tarixiga e’tiboringizni qaratamiz. 

Tecno

Ushbu jamoalar o‘zaro 26 marotaba to‘qnash kelgan. Ularning 11 tasida "konchilar"ning qo‘li baland kelgan. 7 ta to‘qnashuv namanganliklar foydasiga hal bo‘lgan. Qolgan 8 o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan. 

AGMKning "Navbahor" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, "lochinlar" olmaliqlik raqiblarini 3:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘lgan. 

Kiritilgan gollar nisbati 35-33. Kichik ustunlik AGMK tarafida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!