Agneshka Radvanska chorak finalga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o‘tayotgan “WTA ASB Classic – 2018” turnirida polshalik Agneshka Radvanska chorak finalga chiqdi.

Agneshka ikkinchi davrada AQSh vakili Teylor Taunsend bilan bir yarim soatdan ortiq o‘ynadi va 6:3, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.

Polshalik tennischi “WTA ASB Classic – 2018” musobaqasining chorak finalida amerikalik Sachiya Vikeri bilan bahslashadi. Eslatib o‘tamiz, Sachiya chorak finalga chiqish uchun paragvaylik Veronika Sepede Roigni  6:2, 6:4 hisobida enggan edi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!