Aguero Barselonada operatsiya qilindi (FOTO)

  • 24.06.2020 22:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi forvardi Serxio Aguero jarohatidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ushbu jarrohlik amaliyoti Barselonada o‘tkazildi. Hozircha shifokorlar uning qachon safga qaytishini  aniq aytishmayapti.

“Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Tez orada tiklanishni boshlayman”, - deb yozadi Aguero o‘z tvitter sahifasida.

Posmotret izobrajenie v Tvittere

Eslatib o‘tamiz, Aguero APLning 30-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga (5:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

32 yoshli Aguero bu mavsum “Manchester Siti” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!