
Aguero "Liverpul"ga qarshi ajoyib statistikasini davom ettirdi
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero ayni damda bo‘lib o‘tayotgan APLning 21-turida "Liverpul"ga (1:0 ikkinchi bo‘lim) qarshi bahsda jamoasining hozircha yagona bo‘lib turgan goliga mualliflik qilib turibdi.
E’tiborlisi, 30 yoshli argentinalik futbolchi "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan "Etixad"dagi qatorasiga 7-o‘yinda ham gol urdi.
Ma’lumot uchun, Aguero joriy mavsum "shaharliklar" safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar