Sudning qarori Agueroni "Siti"da olib qolishi mumkin
"Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero katta ehtimol bilan yozda jamoasini o‘zgartiradi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar Lozannadagi xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) UEFAning “shaharliklar”ga qo‘ygan 2 yil Chempionlar ligasida ishtirok etmaslik to‘g‘risidagi qarorini bekor qila olmasa, argentinalik futbolchi jamoadan ketadi.
Eslatib o‘tamiz, Aguero “Manchester Siti” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 367 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 254 ta gol urdi hamda 72 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar