
Ahrol Risqullaev Osiyo Kubogini o‘tkazib yuboradi. Chunki...
O‘zbekistonlik FIFA referisi Ahrol Risqullaev musobaqa oldi o‘tkazilgan jismoniy tayyorgarliklar jarayonida olgan jarohati tufayli, afsuski, Osiyoning eng nufuzli turnirida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga OFK tomonidan tojikistonlik FIFA referisi Gulmurodi Sa’dullo Osiyo kubogiga jalb etildi.
Ma’lumot uchun, Ahrol Risqullaev yakuniga etgan 2023 yilgi mavsumda ichki musobaqalarda 12 ta, xalqaro turnirlarda esa 13 ta uchrashuvni bosh hakam sifatida boshqargan va yakunda yilning eng yaxshi hakami deb topilgan edi.
O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar