
Ahror engilmas nokautchi bilan to‘qnash keladi
Professional bokschilik faoliyatini AQShda davom ettirayotgan tajribali charm qo‘lqop ustalari – Bahodir Mamajonov (19-3-0, 11 KO) va Ahror Muralimov (16-2-0, 13 KO ) navbatdagi janglarini 29 iyul kuni o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Endi bokschilarimizning raqiblari haqida ma’lumot beramiz.
O‘zbek bokschilari AQShda ringga chiqadi
Bahodir Mamajonov amerikalikk Kris Xovard bilan jang qiladi. Kris shu kungacha 20 ta jang o‘tkazib, 17 tasida g‘olib chiqqan, ikki bor mag‘lub bo‘lgan va bitta durang qayd etgan. E’tiborli tomoni shundaki, bu bokschisi 2013 yili faoliyatida katta tanaffus boshlangan edi. O‘tgan yili esa Kris Xovard yana ringga qaytdi.
Ahror Muralimov engilmas raqib bilan bellashadi. Amerikalik nokautchi Jermeyn Franklin 11 ta uchrashuvdan o‘ntasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga g‘alaba tilaymiz!
Fikrlar