
Ahvolimiz rasvo!
Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lill” jamoasi bosh murabbiyi Paulu Fonseka klubning yozgi transferlar vaqtida samarasiz ishlaganini keskin tanqid qildi.
- Tan olaman, qattiq g‘azabdaman. “Lill” faqatgina bitta hujumchisi bo‘lgan Frantsiyadagi yagona jamoa bo‘lsa kerak.
Shu bois biz o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan jamoalarni enga olmayapmiz, - dedi Paulu Fonseka.
Portugaliyalik mutaxassis klub hamon erkin agent maqomidagi hujumchi qidirayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga kerakli nomzodni to‘rt oydan beri topa olmayotganini ham tanqid qilib o‘tdi.
Fikrlar