"Ajdar" nomi bilan mashhur o‘zbek jangchisi ko‘z urushtirish marosimida ishtirok etdi
Ertaga Rossiyaning Moskva shahrida EFC (Eagle Fighting Championship)33 turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik ikki nafar jangchi oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, og‘ir vazn toifasida “Ajdar” nomi bilan mashhur Azamat Nuftillaev (6-0) mezbonlar vakili Gennadiy Gusevga (1-1) qarshi jang qilsa, yarim engil vazn (61-66 kg) toifasida yana bir vakilimiz Dadaxon Hasanov (9-6) ham rossiyalik Andrey Kurbatov (4-3) bilan to‘qnash keladi.
Albatta, har ikki vakilimiz ham ushbu jangga jiddiy hozirlik ko‘rgan. Azamat Nuftillaev so‘nggi tayyorgarlik bosqichini mashhur professional boks murabbiyi Zufar Sulaymonov boshchiligida “Oqtepa” klubida o‘tkazdi. O‘ylaymizki, har ikki yurtdoshimiz o‘z g‘alabalari bilan barchani xursand qiladi. Bu borada ularga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Bugun esa, ushbu jang avvalidagi “Face to face“ marosimi bo‘lib o‘tdi. Quyida, ushbu tadbirdan videolavhani e’tiboringizga havola etamiz.
Fikrlar