Ajoyib ko‘rsatkich! O‘zbekiston Osiyoda trebl qayd etdi
O‘zbekiston Osiyoda trebl qayd etdi.
Termamiz turli yosh toifalarida, aniqrog‘i, U17 (2012), U23, (2018) hamda U20 (2023) jamoalari bilan qit’a birinchiligida zafar quchishga erishdi.
2012 yili U17 termamiz Eronda bo‘lib o‘tgan musobaqa finalida Yaponiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chempionga aylangan. 2018 yili Ravshan Haydarov boshchiligidagi U23 jamoamiz qorli maydonda o‘tgan finalda Vetnamni Sidirov tomonidan 119-daqiqada kiritgan gol evaziga taslim etgandi. Kecha bo‘lib o‘tgan bellashuv haqida ortiqcha to‘xtalib o‘tishning hojati bo‘lmasa kerak.
Qayd etish lozim, kelasi yilning yanvar oyida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ham Osiyo Kubogida ishtirok etadi. Qatardagi turnirda nasib qilsa, poker qilamiz.
Fikrlar