Akbar Jo‘raev: "Dadamning so‘nggi kuniga ulgurmadim" (Intervyu)

CHERY AUTO

Amaldagi Olimpiada va Jahon chempioni sanalgan og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘raev SPORTS.uz "YouTube" sahifasidagi "Dangal" loyihasi mehmoni bo‘ldi va barchani qiziqtirgan savollarga javob berdi. Faoliyati davomidagi ilk intervyusida hamyurtimiz kelajak rejalari, Prezident sovg‘asi va boshqa ko‘plab mavzularga oydinlik kiritdi.

- Nechanchi yili qanday oilada tavallud topgansiz?

1999 yilda Bo‘stonliq tumanidagi Soyliq qishlog‘ida dunyoga kelganman. Dadam oddiy ishchi, onam oila bekasi bo‘lgan. O‘zimdan 5 yosh katta bo‘lgan akam og‘ir atletika bilan jiddiy shug‘ullangan. Aynan unga qiziqib shu sport turini tanlaganman. Avvaliga, oilam bunga qarshilik qildi. Bir xonadonga bitta sportchi etadi deb hisoblagan bo‘lishsa kerak. Doktor bo‘lishimni istashganiga qaramay, uydan qochib ketib shu sport bilan shug‘ullanishda davom etdim.

- E’tiborlisi shundaki, siz uyingizdan uzoq bo‘lmagan kichik mashg‘ulot zalida shug‘ullangansiz. Sharoitlari juda og‘ir bo‘lsa ham, u erdan 3 ta chempion chiqqan.

To‘g‘ri, bu zal juda ko‘p sportchilarni etishtirgan. Osiyo chempioni bo‘lgan akam, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Doston Yoqubov va boshqalar. Avval bu er ko‘mirxona bo‘lgan. Uni mahalladagi yoshlar bilan tozalab, sharoit yaratishga uringanmiz. Atigi 3 ta "shtanga"miz bor edi. Uni ham 2 tasi qizlar uchun moslashgan.

2016 yilda Ruslan Nuritdinov Rio Olimpiyadasi oltin medalini qo‘lga kiritayotganda, 4 yildan keyin men chempion bo‘laman deb o‘ylaganmidingiz?

- Hamma chiqishlarini teleekran orqali tomosha qilganman. Ochig‘i, mendan bu darajadagi sportchi chiqishiga ishonmagan edim. Tayyorgarliklar og‘irligini inobatga olsak, u erga qadar etib borishimga ko‘zim etmagan edi. U paytda 85 kg vazn toifasida ishtirok etganman. 4 yil ichida vazn qo‘shib, 105 kg.ga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldim.

Tecno

Olimpiadaga tayyorgarlik qanday o‘tdi? Uning uchun nimalardan voz kechishga to‘g‘ri keldi?

- Harakatni 2019 yilda boshladik. O‘sha yil boshida otamdan ayrildim. Men xorij mamlakatida edim. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun ketgandim. Aynan o‘sha kunlarda dadam olamdan o‘tgan. Olimpiadada g‘alaba qozonsam, hammasi joyiga tushib ketishiga juda ham ishonar edilar. Uy, mashina va boshqa yutuqlar hayotimizni yaxshilashi mumkinligini aytganlari shundoq esimda. Janozadan 2 kun o‘tib etib keldim va 3 kundan so‘ng ortga qaytdim. Aynan ularni niyatini amalga oshirish uchun ham ketdim. Dadamdan keyin onamlarni oldida ko‘proq bo‘lgim kelgan.

g34gprg34rpg3rp

Tokio Olimpiadasi g‘olibligini qo‘lga kiritgach, "tanish-bilish" ko‘payib ketgani rostmi?

- Buni "Instagram" sahifamdan ham bilish mumkin. Shohsupaga ko‘tarilganimdan so‘ng bir kun o‘tib, 17 ming obunachiga ega bo‘ldim. Qizlar ham yozishni boshladi (kuladi).

Oltin medal uchun va’da qilingan pulni oldingiz. Aytingchi, 200 ming dollarni nimaga sarfladingiz?

- Ozginasini xayriya qildim. Bundan tashqari, Toshkentdan 2 ta uy oldim. Bir paytlari bizda pul bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p bo‘lgan. Akam o‘qishda, dadam Rossiyaga ishlagani ketgan. Akamni shartnoma pulini to‘lash uchun katta mablag‘ kerak edi. Shu bois, onam ikkalamiz kunu tun ishlaganmiz. Kunduzi qora ish qilib, kechalari mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun mashg‘ulot zaliga kelar edim. Shu bois, hozir pulni to‘g‘ri sarflashni bilaman. Qizlar, ichkilik va o‘yin-kulgidan yiroq insonman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!