
"Al-Ahli" EChL g‘olibini o‘z safiga qo‘shib oldi (Fabritsio Romano)
"Manchester Siti" hujumchisi Riyod Mahrez faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubida davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabrtsitsio Romano xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, "shaharliklar" futbolchi transferidan 35 million evro ishlab oladi. Shuningdek, 5 million evro bonus puli ham to‘lab berilishi mumkin.
Jazoirlik futbolchi yangi klubi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda. Uning "Al-Ahli"da qancha maosh olishi hozircha aniq emas.
Fikrlar