"Al-Hilol" goleador hujumchi uchun 200 million sarflashga tayyor
"Al-Hilol" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmadi. Avvalroq, neapolliklar Riyod klubining hujumchi borasidagi 130 million evrolik taklifini rad etgandi.
"Corriere dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "Al-Hilol" Osimxenni asosiy transfer maqsadiga aylantirdi. Klub u uchun kamida 160-170 million evro taklif qilishga tayyor. Ehtimol, bu miqdor 200 million evroga etishi ham mumkin.
Saudiya klubi futbolchining o‘ziga 45-50 million evro maosh va 3 yildan 5 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma berishi mumkin. "Al-Hilol" qiziqish bildirayotganiga qaramay italiyaliklar Viktor bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. A Seriya 2022/23 yilgi mavsumda Osimxen 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgandi.



Fikrlar