
“Al-Muharraq” — “Nasaf” uchrashuvi oldidan o‘yinoldi marosimlar haqida ma’lumot
Bilasiz, “Nasaf” "OFK Kubogi-2021" finalida “Al-Muharraq”ga qarshi maydonga tushadi. Bugun — 4-noyabr kuni Bahraynning “Shayx Ali bin Muhammad Al-Halifa” stadionida rasmiy marosimlar bo‘lib o‘tadi.
20:00 — “Al-Muharraq” bosh murabbiyi Markos Paketa va jamoa futbolchisi ishtirokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani.
20:20 — “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va jamoa futbolchisi ishtirokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani.
20:30 — “Al-Muharraq” jamoasining “Busaiteen Club” stadionidagi rasmiy mashg‘uloti.
21:00 — “Nasaf” jamoasining “Shayx Ali bin Muhammad Al-Halifa” stadionidagi rasmiy mashg‘uloti.
Eslatib o‘tamiz, OFK Kubogi-2021 final uchrashuvi 5-noyabr kuni Bahraynning "“Shayx Ali bin Muhammad Al-Halifa” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Fikrlar