"Al Nasr"ni tark etgan Doston Hamdamov faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

BAA Pro ligasida ishtirok etuvchi "Hatta" jamoasi "Al-Nasr"ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamovni ijaraga oldi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, hamyurtimiz mavsum so‘nggiga qadar ushbu jamoa sharafini himoya qiladi.

EtEcKZ-W4AASb2a

Ilgariroq, "Al-Nasr" jazoirlik Mehdi Obeid bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani va Doston Hamdamov o‘rniga ro‘yxatdan o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, "Hatta" 14-turdan so‘ng Pro ligadagi 14 klub orasida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida bor yo‘g‘i 2 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!