"Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuvini yana o‘tgan yilgi hakam boshqaradi

  • 3 may, 2019, 16:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Temiryo‘lchilar" BAAning Abu Dabi shahrida "Al Vahda" mehmoni bo‘lishadi. Mazkur uchrashuvni xuddi o‘tgan yilgidek yana gongonlik hakam Liu Kvok Man boshqarib boradi. Faqat unga qanotlarda boshqa hakamlar yordam berishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Esingizda bo‘lsa, "Lokomotiv" o‘tgan yil ham "Al Vahda" bilan bitta guruhdan o‘rin olgan va safarda kechgan bahsda raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etgandi. O‘shanda o‘yinni gonkonglik hakam boshqargan.

"Zayed Sports City Stadium" stadionida kechgan bahsda Sardor Mirzaevning dubli, Sanjar Shoahmedovning goli hamda mezbonlar futbolchisi Rashidning avtogoli "Loko"ga g‘alaba keltirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!