Alaba hammani aldadimi?

  • 12.01.2021 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yozda “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlanadigan David Alaba jamoadan ketishi kutilayotgan edi. Hatto uning agentlari “Real”, “Chelsi”, “Barselona”, PSJ kabi qator grand klublar bilan muzokara qilayotgani haqida  xabarlar tarqatildi.

Endi esa, avstriyalik futbolchi Myunxenda qolishni istayotganini ta’kidlamoqda.

- Bu mavsumda ishlarim yurishmayapti. Men o‘z o‘yin uslubimni yangilay olganim yo‘q. O‘tgan yilgi  usulim o‘zgarmay qoldi. “Bavariya”da yana bitta omadli mavsum o‘tkazishim men uchun muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi Alaba Bild nashriga.

David Alaba “Bavariya” taklif qilgan shartnomalarni bir necha marotaba rad etdi va katta mablag‘ so‘radi. Xususan, boshqa klublar ham o‘tkazilgan muzokaralarda universal himoyachi talab qilayotgan maoshni to‘lashga tayyor emasligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!