Alamzada "Barselona" "Inter" futbolchisiga ko‘z olaytiryati
“Barselona” himoyadagi muammolar tufayli ushbu pozitsiyani kuchaytirmoqchi. “Mundo Deportivo” nashrining xabar berishicha, Milan Shkrinyar uchun kurashga ispan grandi ham qo‘shildi.
Himoyachining “Inter” bilan shartnomsi 2023 yilda tugaydi. Yozgi transferlar oynasida PSJ klubi ham futbolchini sotib olmoqchi edi. Endi Milanni tekinga qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘lmoqda. Ammo Italiya jamoasi ham Shkrinyarni klubda olib qolishga harakat qilyapti.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli fulbekning ayni vaqtda transfer narxi 65 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar