Asosiy mazmunga oʻtish

Alan Shirer: "Arsenal" uchun APLni yutish oson bo‘lmaydi"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Sobiq futbolchi londonliklarning ahvolini qiyin deb atadi

Alan Shirerning fikricha, "Arsenal" Angliya kubogida "Sautgempton"dan yengilgach, APLni yutishi qiyin bo‘ladi.

"Kanonirlar" Chempionship klubiga 1/4 finalda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

"Bu tasodif emas. Kechaning eng yaxshi jamoasi g‘alaba qozondi", – dedi Shirer "BBC One" efirida.

Shuningdek, u "Betfair"ga bergan intervyusida qo‘shimcha qildi: "Angliya kubogidan chiqqach, ular uchun psixologik jihatdan olga harakat qilish va orzu qilgan natijalarga erishish juda qiyin bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premier-ligasining onlayn turnir jadvalidа "Arsenal" 1 ta ko‘p uchrashuv o‘tkazgan holda, "Manchester Siti"dan 9 ochko oldinda ketmoqda (70 - 61).

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q