Albatta o‘qing! Ko‘chada tilanchilik qilganini aytishdan uyalmaydigan Evra

  • 3 may, 2020, 13:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur himoyachi Patris Evra bolaligi naqadar qiyin o‘tganini so‘zlab berdi.

“To‘g‘risini aytaman, bolaligimda juda qiynalganman. Mening aka-ukalarim ko‘p edi. Ko‘chada yashash ham osonmasdi. Men Parijda edim, lekin ko‘chada yashardim. Ba’zan egulik topilmasdi. Akam Dominik McDonald's da ishlardi va u erga tushlik payti borardim, akam esa menga o‘z ovqatini berardi. Men do‘konlar oldida tilanchilik qilganimni aytishdan uyalmayman. Men tik oyoqda turardim va odamlardan 1 evro bo‘lsa ham sadaqa qilishlarini so‘rardim. Ular ba’zan pul berishardi, ba’zan esa yo‘q. U pullarga esa ovqat sotib olishni xohlardim”, - deydi Evra.

9

U o‘sha paytlarda baxtli bo‘lganini aytdi.

“U damlar qiyin, ammo baxtli edi. Men doim omadli edim va o‘zimni baxtli his qilardim. Men hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lardim, chunki aynan shu voqealar meni odam qildi. Ayrimlar faqat yakuniy qismini bilishadi, televizorda yulduzni ko‘rishadi. Aslida esa men ko‘chada juda ko‘p narsani o‘rgandim. Bu menga hayotda kuchli bo‘lishimga yordam berdi. Jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasi sardori bo‘lganimda, ko‘pchilik meni aybladi. Lekin men kuchliroq bo‘ldim, chunki ko‘chada bundanda og‘ir kunlarni ko‘rganman.

5

Men o‘zimni g‘amgin his qilmayman. Ushbu so‘zlardan keyin hech kim menga achinishini ham istamayman. Men faqat haqiqatni aytdim xolos. Men odamlarni nima bo‘lgan taqdirda ham hech qachon taslim bo‘lmaslikka undashni xohlayman. Agar siz chin dildan ishonsangiz, bunga albatta erishasiz”, - deya so‘zini yakunladi frantsiyalik futbol yulduzi.

8_1

1981 yil 15 may kuni Senegalda tug‘ilgan Patris Evra faoliyati davomida “Nitstsa”, “Monako”, “Manchester Yunayted” va “Yuventus” kabi jamoalarda o‘ynagan. 2018 yildan buyon “Vest Xem”da to‘p surib kelmoqda. U Frantsiya terma jamoasida 81 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SHAXBOZ Bekmurodov
03/05/2020 16:23
Yevropada ana shunday nochorlarni kuchli sportchi yoki millioner bo‘lib ketishi hayratlanarli holat emas chunki u yerlarda insonni uzi harakat qilsa erishadi puli ikkinchi darajali, bizda esaaa.........