Albina juftlikda final uchun kurashadi

  • 10 avgust, 2017, 14:31
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, hamyurtimiz Albina Xabibulina Belgiyada davom etayotgan ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnirda ishtirok  etmoqda.

Tecno

Kecha yurtdoshimiz mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik va yakkalik bahslarida ishtirok  etdi.

Yakkalik bahslarida saralashdan chiqqan hamyurtimiz birinchi davrada gollandiyalik Bibiana Shoofs bilan kuch  sinashdi. 1 soat 26 daqiqa davom etgan uchrashuvda Albina raqibasiga 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Juftlik bahslarida ukrainalik Anastasiya Vasileva bilan juftlik hosil qilib, Federika Arkidiasono/Oana Simion duetiga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 13 daqiqa davom etgan bellashuvda Albina va uning sherigi 6:2, 3:6, 10:6 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!