Aleks Perreyra og‘ir vaznga o‘tsa, nima bo‘ladi?

  • 25.12.2025 15:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

58 yoshli amerikalik taniqli UFC sharhlovchisi Jo Rogan yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg) amaldagi UFC chempioni Aleks Perreyraning og‘ir vazndagi istiqbollarini baholadi.

"Perreyra og‘ir vazn toifasida Siril Gan bilan jang qilishi haqida ko‘plab gap-so‘zlar yuribdi. Mazkur mish-mishlar qanchalik haqiqatligini bilmayman. Bu haqda Dana Uayt bilan gaplashmadim. Lekin bu mantiqsiz qadam emas. Hozirda Aleksning vazni 108 kg dan ortiq! Zarbalari ham og‘ir vazndagi jangchilarni nokaut qila oladigan darajada kuchli", - deya Roganning so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Eslatib o‘tamiz, Perreyra "UFC 320" turnirida rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi revansh o‘tkazib, 1-raundda nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!