
Aleks Sandro uchun Saudiya Arabistonining ikki klubi kurashmoqda
Turinning "Yuventus" klubi chap qanot himoyachisi Aleks Sandro Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin. "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining xizmatlariga "An-Nasr" va "Al-Hilol" klublari qiziqish bildirmoqda.
Aleksning "Yuventus" bilan atigi bir yillik shartnomasi bor, shuning uchun uning yozda ketishi katta ehtimol bilan ko‘rilmoqda. Futbolchining o‘zi avvalroq "keksa senyora"ni tark etish istagini bildirgandi. Qulay moliyaviy sharoitga ega Saudiya Arabistoni braziliyalik futbolchi uchun ajoyib variant bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Sandro 2015 yilning yozida "Portu"dan Turin klubi safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar