Aleksandr Krestinin: "To‘g‘risi, darvozaga kam zarba berdik"

  • 11 noyabr, 2023, 22:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Bunyodkor” (3:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Alesandr Krestinin jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Hammaga xayrli oqshom! “Navbahor” va uning muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Bu o‘yindagi g‘alaba ularga juda kerak edi. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqibimiz har tomonlama kuchli, professional va tajribali o‘yinchilar jamlangan. Bu erda murabbiyni ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Uning ham tajribasi katta. Bizda hujumlarda nimadir o‘xshamadi. Imkoniyatlarimiz bo‘lsa-da, oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi. Javob hujumlarini uyushtirishga va qanotlardan ham hujumga o‘tishga harakat qilib ko‘rdik, ammo natija bo‘lmadi. Hayotda shunday holatlar ham bo‘lib turadi.

- Bizda jamoangizni o‘yini yomon taassurot qoldirmadi. Lekin natijaga erishish uchun nima etishmadi?

- Nima deyishim mumkin? O‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Har bir chiziqdagi ijrochilarimiz bor mahoratlari bilan tayyorlanishgandi. Barcha jarayonlarni o‘rganib chiqqandik, o‘z ustimizda ishlagandik. O‘yin videoyozuvini ko‘rib chiqqanimdan so‘ng biror fikr aytishim mumkin. Hozir esa hech nimani ko‘rmasdan turib biror narsa deya olmayman. To‘g‘risi, darvozaga kam zarba berdik. Mantiqan o‘ylab nima ham deyish mumkin? Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Yaxshi tayyorlandik, afsuski natija o‘xshamadi. Ayrim vaziyatlarda to‘p bilan ham ijobiy harakat qildik.

- Jamoangizdagi legionerlar haqida qanday fikrdasiz?

- Biz bu erga barchamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatgani va natija qilgani kelganmiz. Hozir biror nima aytishim qiyin. Niyatimiz yaxshi. “Bunyodkor”ni yuqori o‘rinlarga olib chiqmoqchimiz. Kimnidir yaxshi yoki yomon o‘ynadi, deb o‘yinchilarni pozitsiyasiga qarab ajratishim qiyin.

- “Bunyodkor”ni ikkinchi davradagi yaxshi o‘yini qaysi deb o‘ylaysiz?

- Mavsum davomidagi alohida biror-bir uchrashuvni ajratib ko‘rsata olmayman. Biz barcha uchrashuvlarda qo‘ldan kelganicha harakat qildik. Bizni yana ikkita uchrashuvimiz bor. Shu bois bu haqida biror nima deya olmayman. Ikkala o‘yinni o‘tkazib olaylik, keyin fikr bildirishim mumkin. Kelinglar, chempionat tugashini kutib turaylik. Keyin bir to‘xtamga kelsak bo‘ladi.

- Keyingi mavsumda “Bunyodkor”dan qanday natija kutish mumkin?

- Bilmayman, buni rahbarlar biladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!