Aleksandr Usik super og‘ir vazn toifasidagi eng kuchlisimi?
Aleksandr Usikning menejeri Egis Klimasning ta’kidlashicha ukrainalik bokschi Chazz Uizerspun bilan bo‘lib o‘tgan jangda, super og‘ir vazn toifasidagi eng yaxshi bokschi ekanligini namoyish eta olgan.
Usik yakshanba kuni kechqurun o‘zining og‘ir vazndagi debyutida Uizerspunni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Chazzning jamoasi ettinchi raunddan keyin jangni davom ettirishdan bosh tortishgan.
“ Usik super og‘ir vazn toifasidagi debyutida juda chiroyli harakat qildi. Bunday jozibali boksni uzoq vaqtdan buyon ko‘rmagan edim. Shuningdek, Aleksandr ushbu vazn toifasining eng kuchli bokschisi deb bemalol ayta olaman”, - degan so‘zlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar