Aleksandr Volkanovski fikridan qaytmayapti...

  • 14 fevral, 2024, 12:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Aleks Volkanovski, engil vazn(70,3 kg) toifasida UFC chempioniga aylanib, ikki vazn toifasida kamarga ega bo‘lish fikridan qaytmayapti. Aleksning so‘zlariga ko‘ra, u albatta engil vazn toifasiga o‘tadi va shu vaznda chempion bo‘lishga harakat qiladi.

Tecno

“Sizga aytaman, men hali engil vaznda yaxshilab harakat qilib ko‘rmadim. Men realistman. Darhol Maxachev bilan revansh jangini bo‘lishidan ham umid qilmayapman. Lekin yaqin orada meni engil vazn toifasida ko‘rasiz", - dedi Volkanovski.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 298" turnirida Aleks Volkanovski(26-3) va Ilya Topuriya(14-0) to‘qnash kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!