
Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
“Surxon” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Hech qanday fikr bildirmoqchi emasman. Faqat “Surxon”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular yutuqni ko‘proq xohlashdi. Shuning uchun tezroq va tajovuzkorroq harakatlanishdi. Birinchi bo‘limda ishlarimiz o‘xshamadi. Shu sababdan muhokama qilish ortiqcha. “Surxon”ni g‘alaba bilan tabriklayman.
Hakamlarni muhokama qilmayman. Bu mening vazifamga kirmaydi. Hozirgi holatimizda gapirish to‘g‘ri emas. Gol bo‘lgan vaziyatni xotirjam ko‘rib chiqish kerak.
Umuman hech nima o‘xshamadi. Bizga raqib shunday o‘ynashni taklif qildi. Ular asosan uzun paslar bilan harakatlandi. Biz tayyorgarligimizni ko‘rsatdik, lekin hech nima o‘xshamadi. Bu o‘yinda to‘liq yutqazdik. Himoyada mustahkam turmoqchi edik, afsus, burchak to‘pidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Muhokama qilib chiqamiz. Oldinga harakatlanishda davom etamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar