Aleksandr Xomyakov: Natijadan qoniqdim
Xabaringiz bor kecha Pro-liganing 12 turida "Surxon" o‘z maydonida "Mash’al" (1:1) klubini qabul qildi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikirlarini bildirdi.
"Albatta natijadan qoniqdim, bahs juda qiyin bo‘ldi. Bugun o‘yinimizga noqulay ob-havo ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymadi. 15-20 daqiqa biz uchun bo‘ron katta tashvish keltirdi. Shogirdlarimga e’tirozim yo‘q biz gol urishimiz kerak edi, baribir niyatimizga etdik. Bizni stadionga kelib qo‘llab quvvatlagan muhlislarimizga esa o‘zim va jamoam nomidan alohida minnatdorchiligimizni bildiraman ", - deydi Xomyakov.
Eslatib o‘tamiz, "Mash’al" ayni damda 26 ochko bilan Pro-liganing "A" guruhida etakchilik qilmoqda.

Fikrlar