
Ali Abdel Aziz Islom Maxachev uchun eng qiyin raqib kimligini aytdi. U Pore emas!
Ali Abdel-Aziz engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev uchun eng qiyin raqib kimligini aytdi. Alining fikriga ko‘ra, bu – amerikalik Jastin Getjidir.
"Menimcha, hozirda Jastin Getji Maxachev uchun eng qiyin raqib. Amerikalik qanday zarba berishni biladi, qanday kurashishni biladi. Ularning jangi katta voqealik bo‘ladi. Islom har qanday jangchi bilan kurashishga tayyor, u raqib tanlamaydi. Ammo Getji ham anoyi emas, u Fizievni yanchib tashladi, Poreni nokautga uchratdi. Xolloueyga kelsak, u ham ajoyib jangchi, lekin o‘ylashimcha, u Jastinning navbatdagi qurboni bo‘ladi”,- dedi Abdel-Aziz TMZ Sports nashriga.
Avvalroq, Getji joriy yilning noyabr oyida Maxachev bilan jang o‘tkazishi mumkinligini aytgandi.
Fikrlar