Aliqulov Shukurovga qarshi! Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar futbolchisi o‘ynaydi

  • 2 mart, 2024, 12:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun O‘zbekiston terma jamoasining xorijda to‘p tepadigan bir nechta a’zosi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi.

Kecha O‘zbekistonda boshlangani kabi Qozog‘istonda ham milily chempionat start oldi. Yaqinda Qozog‘iston chempionatiga ko‘chib o‘tgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasi - "Qayrat" o‘z uyida "Qiziljar"ni mehmon qiladi. Uchrashuv 14:00da start oladi. 

Bundan tashqari, o‘tgan mavsum chempioni "Ordabasi" ham bugun boshlaydi. Raqib "Shaxtyor" va o‘yin vaqti 16:30da. O‘tgan mavsum chempionlar safida bo‘lgan Shahboz Umarov va yaqinda shimkentliklar a’zosiga aylangan Jasurbek Yaxshiboev ham bugun klubiga yordam berishga tayyor.

Bugun RPL 19-tur bahslari ham davom ettiriladi. Abbosbek Fayzullaev jamoasi "VEB Arena"da "Orenburg"ni qabkl qiladi va uchrashuv 16:00da boshlanadi. 

Ma’lumot uchun, "armpiyachilar" hozirda 28 ochko bilan 8-pog‘onani band etib turibdi.

Bundan tashqari, Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev harakat qilayotgan Qozonning "Rubin" jamoasi ham o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Qozonliklar bu turda ayni damda turnir jadvalini boshqarib borayotgan "Krasnodar" mehmoni bo‘ladi. Bellashuv 18:30da boshlanadi. 

Bugun Turkiya Superligasida ikki o‘zbekistonlik to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Termamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov jamoasi termamiz etakchilaridan biri Otabek Shukurov klubi bilan o‘ynaydi. Osiyo kubogida jarohat olgan Aliqulov "Rizespor" ba’zasiga borib davolandi va o‘tgan turda maydonga ham tushdi.

Bugun Hojiat Erkinov jamoasi "Al-Vahda" o‘z uyida "Al-Jazira" bilan kurashadi. Bu o‘yin 21:15da start oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!