Alisher Usmonov sotib olayotgan IT kompaniya TsSKAning bosh homiysiga aylandi

  • 3 avgust, 2020, 16:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA klubi "IKS Xolding" bilan jamoaga bosh homiy bo‘lish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, tomonlar 2 yillik kelishuv imzolashgan. Ammo, hozircha shartnoma bandlari oshkor etilmayapti.

Tecno

Endi xolding logotiplari “armiyachilar” formasining old tomonida, “VEB Arena” stadionining yon tomonlarida, shuningdek barcha bosma materiallar va klubning Internet-manbalarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, u CSKA TV videolarida ham aks etadi.

Bundan tashqari, "IKS Xolding" o‘z ishchilari va mijozlari uchun poytaxt jamoalari o‘yinchilari ishtirokida tadbirlar o‘tkazishi va futbolchilar rasmlarini o‘z brendini ommalashtirish uchun ishlatishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning aprel oyida RBK sayti Alisher Usmonov "IKS Xolding" asoschisi va xo‘jayini hisoblangan Anton Cherepennikovdan kompaniyaning 100% aktsiyasini sotib olishi haqida xabar tarqalgan edi. Ushbu kompaniya texnologiyalarni rivojlantirish va IT xizmatlari bozorida etakchi o‘rinni egallaydi va sanoat sektori uchun eng yirik uskunalar etkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!