
Allegri - "Yuventus" tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatgich qayd etgan murabbiy
Xabaringiz bor bugun “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunlangach jamoadan ketishi haqida e’lon qilindi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” Allegri qo‘l ostida A Seriyada jami 188ta o‘yin o‘tkazgan va shularning 142tasida g‘alaba qozongan. E’tiborlisi, bu “Yuventus” tarixidagi g‘alaba qozonish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi – 75,5%.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” Allegri boshqaruvida jami 11ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar