
Allegri: Ikkinchi bo‘limda Ronalduni almashtirmoqchi bo‘ldim, biroq ...
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriyaning "Bolonya"ga qarshi (2:0) uchrashuv natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Jamoa ajoyib va kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Texnika jihatidan birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Ikkinchi taymda qanotlardan xujum qilib, markazni unutdik.
Jarohatlangan futbolchilarimiz soni ko‘paygani sababli, maydonda ba’zi bir o‘zgarishlarni amalga oshirdim. Tan olish lozim, Ronalduni ikkinchi bo‘limda almashtirmoqchi edim, biroq uning o‘ninga bo‘lgan ishtiyoqi va gol urishga bo‘lgan shijoatini ko‘rib bu fikrdan qaytdim.
Shanba kuni "Napoli"ga qarshi bahs bizni kutib turibdi. Tarkib borasida bir qarorga kelganim yo‘q, juma kuni asosiy tarkibga o‘zgartirishlar kirishimiz mumkin, - deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.
Fikrlar