Alli PSJga o‘tmaydi!
"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli qishki transferlar davrida "Pari Sen-Jermen"ga ko‘chib o‘tmaydi.
Get French Football News nashrining ma’lum qilishicha, “shporlar” prezidenti Levi 24 yoshli angliyalik futbolchini qo‘yib yuborishni xohlamagan. Boisi, agar “Tottenxem” Allini sotib yuborilsa, qisqa muddat ichida unga munosib o‘rinbosar topa olmasligi mumkin edi.
Aytish kerakki, Alli 13 yanvardan buyon “Tottenxem”ning qaydnomalariga kiritilmayotgan edi va shu sababli ham, ko‘pchilik uni PSJga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqata boshlagan.
Dele Alli joriy mavsum “Tottenxem” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar