
Alonso Mbappe va Vinisius qanday harakat qilishi kerakligiga yana bir bor oydinlik kiritdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappe va Vinisius Junior haqidagi navbatdagi savollarga javob berdi. Ma’lumki, ushbu ikki yulduz futbolchi Karlo Anchelotti davrida to‘psiz holatlarda etarlicha faol harakat qilmagani uchun jamoa mudofaasi muammolarga duch kelgan.
Press-konferentsiyada bu haqda so‘ralgan Xabi Alonso quyidagicha javob berdi:
"Mbappe va Vinisius? Biz barcha futbolchilar birgalikda ishlaydigan jamoaviy g‘oyaga amal qilmoqchimiz. To‘psiz qanday harakat qilish kerakligini bilamiz va futbolchilarimizning individual xususiyatlarini qaerda va qanday qo‘llashni ham bilamiz. Hujumchilar esa farq yaratishi shart" — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni "qirollik klubi" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar