Alonso oʻziga superklub tanladi

  • 05.02.2026 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” bosh murabbiyligidan ishdan bo‘shatilgan Xabi Alonso uzoq vaqt ishsiz qolmasligi aniq. Mahoratli murabbiy bir necha klubdan taklif olgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Endi ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik mutaxassis Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”ni boshqarishi ehtimoli oshib boryapti.

TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis vakillari mersisaydliklarning hozirgi murabbiyi Arne Slotning klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolgan paytda, ingliz klubi bilan aloqa o‘rnatgan.

Biroq ayni paytda “Liverpul” rahbariyati niderlandiyalik murabbiy mavsumni yakunlab qo‘yishini istayapti. Xulosa, mavsum oxiridagi natija asosida qabul qilinadi.

Agar klub bosh murabbiyni o‘zgartirishga qaror qilsa, ular Xabi Alonso agentlarini muzokaralarning yangi bosqichiga taklif qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2004–2009 yillarda “Liverpul”da ham o‘ynagan va klubning ichki muhiti, shart-sharoiti va an’analarini juda yaxshi biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!