Alonso qo‘l ostida “Real”ning asosiy o‘yinchisi bo‘laman!

  • 29 iyul, 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning tajribali markaziy himoyachisi David Alaba jarohatini davolatish kursini yakunlayapti va yangi mavsumning ilk mashg‘ulot yig‘ini boshlanadigan sana – 4 avgustgacha bo‘liq tayyor bo‘lishini ma’lum qildi.

Tecno

Nufuzli manba – Marca nashrining yozishicha, avstriyalik himoyachi yangi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida yana asosiy tarkibning muhim o‘yinchisiga aylanishga harakat qilmoqchi.

Alabaning “Real” bilan shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi. Klub hali unga yangi bitim bo‘yicha taklif bergani yo‘q. Alaba ketishga to‘g‘ri kelsa ham, madridlik muxlislar yodida jarohatdagi o‘yinchi emas, so‘nggi mavsumini yorqin o‘tkazgan yulduz sifatida qolishni o‘ylayapti.

David Alaba o‘zining o‘yin uslubi va to‘p bilan ishlash mahorati Xabi Alonso boshchiligidagi murabbiylar shtabi talabiga mos ekaniga aminligini aytdi. Himoyachi yuqori sport formaga chiqish uchun uning ovqatlanishidan tortib jismoniy holatigacha bo‘lgan jarayonni nazorat qiluvchi professional mutaxassislar xizmatidan foydalanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!