Alonso “Real” muxlislariga xushxabar aytdi
La Liganing beshinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Real” o‘z maydonida “Espanol” bilan kuch sinashadi.
“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya chempionatining bo‘lajak bahsda jamoaning jarohatlangan ikki o‘yinchisi jamoaga yordam bera olishini aytdi.
Gap shundaki, Eduardo Kamavinga va Jud Bellingem salomatligidagi muammolar tufayli mavsum boshidan beri maydonga tushirilmayotgan edi.
- Bellingem va Kamavinga navbatdagi uchrashuvda o‘ynay oladi. Lekin ular mashg‘ulotlarga kirishgani ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Demak, nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Xabi Alonso.
“Real” yangi mavsumda La Ligada ochko yo‘qotmagan yagona jamoa hisoblanadi. Madridliklar dastlabki to‘rtta turda ro‘baro‘ kelgan barcha raqiblarni engib, 12 ochko bilan musobaqa peshqadamiga aylangan.
Fikrlar