Alonso va Gvardiola “Liverpul” yulduzini chaqiryapti

  • 05.12.2025 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning Angliya Premer-ligasi chempioni bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan Dominik Soboslai Evropaning ikkita eng yirik klublari nazariga tushdi.

Hir TV jurnalistlarining xabar berishicha, 25 yoshli vengriyalik futbolchisi  “Real” va “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Soboslaining “Liverpul”dagi yillik maoshi taxminan 7 million evroni tashkil qiladi. Bu grand klublarda uning Pozitsiyasisida o‘ynaydigan boshqa yulduzlarnikidan ancha kam.

“Liverpul” o‘z yulduzini ushlab qolish uchun Soboslaiga uzoq muddatli yangi shartnoma berib, uning mehnatini munosib baholamoqchi.

Maydon markazida samarali o‘yin ko‘rsata oladigan vengriyalik yarim himoyachi 2023 yilning yozida Angliyaga kelgunga qadar, Vengriya, Avstriya va Germaniya chempionatlarida mahoratini charhlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!