
Amaldagi jahon chempioni faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira kelajakda faoliyatini MLSda (AQSh chempionati) davom ettirishi mumkin.
Aniqrog‘i, 29 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosiga “Nyu-York Siti” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xediraning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Xedira Bundestim tarkibida 2014 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan mundialda g‘olib bo‘lgan edi.
Fikrlar