Amanda Nunes: "Kamarimni qaytarib olmoqchiman"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunes Juliana Penyaga qarshi revansh haqida fikr bildirdi.
"Kamarimni qaytarib olmoqchiman. Undan yaxshiroq jangchi ekanligimni bilaman. Oxirgi to‘qnashuvda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygandim. Ammo bu boshqa takrorlanmaydi.
Yana bir tomondan, bu uning oqshomi edi. Men adashib o‘sha jang uchun pul to‘lagandim. Ba’zida shunday bo‘lib turadi, men qarama-qarshilikni davom ettirishga tayyorman",-dedi braziliyalik sportchi.
Ma’lumot uchun, tomonlar ilk bor 2021 yilning 12 dekabrida, UFC 269 turniri doirasida jang qilgan va unda Penya muddatidan oldin g‘alaba qozongandi.
Fikrlar