Amin Ergashev "EFC 40" promoushenida navbatdagi jangini o‘tkazdi

  • 05.09.2021 00:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan EFC promoushenida og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Amin Ergashev navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

"EFC 40" turnirida unga rossiyalik Alan Makitov raqiblik qildi. Quvonarlisi, yurtdoshimiz 1-raundning o‘zida raqibini nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi. Endi u keyingi jangida promoushenning chempionligi uchun oktagonga ko‘tariladi. 

Ma’lumot uchun, Ergashev bugungisini qo‘shib hisoblaganda 12-g‘alabasiga erishdi. Shuningdek, faoliyatida 4 ta mag‘lubiyat ham o‘rin olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!